Prezident Bosh vazirning huquqlarini belgilab berdi
Jamiyat
−
24 dekabr 2022
14173O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan kecha, 23 dekabr kuni imzolangan “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga ko‘ra, Bosh vazirga quyidagi huquqlar berilmoqda:
• masalalarni tartibga solish va ustuvor vazifalarni hal qilishning muhimligini hisobga olgan holda Bosh vazir kotibiyatining umumiy shtatlari soni doirasida uning ijro etuvchi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish;
• iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning dolzarb yo‘nalishlarini o‘rganish va ular bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun ishchi guruhlar va kelishuv komissiyalari tashkil qilish;
• Bosh vazir kotibiyatining o‘rnak ko‘rsatgan boshqaruv xodimlarini natijadorlik asosida qo‘shimcha rag‘batlantirish uchun mablag‘lar miqdorlarini belgilash.
Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov) bir oy muddatda:
• Bosh vazir o‘rinbosarlarining funksional vazifalarini tasdiqlash;
• Bosh vazir kotibiyatining shtat jadvalini tasdiqlash;
• Bosh vazir kotibiyati to‘g‘risidagi, uning barcha bo‘linmalari funksiyalari, vakolatlari, huquqlari, majburiyatlari va mas’uliyatini batafsil belgilab beruvchi nizomni ishlab chiqish;
• Bosh vazir kotibiyatining yangi tashkil etilgan tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash;
• faoliyati tugatilayotgan tarkibiy bo‘linmalarning xodimlarini vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarda rahbar va mas’ul lavozimlarga tayinlash bo‘yicha choralar ko‘rishi, zarur hollarda, taklif kiritishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, ushbu farmon bilan Hukumatda amaldagi 8 nafar Bosh vazir o‘rinbosari va 3 nafar Bosh vazir maslahatchisi lavozimlaridan faqat 4 nafar Bosh vazir o‘rinbosari qoldirilmoqda.
LiveBarchasi