Prezident bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotladi
Jamiyat
−
08 noyabr
6298O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotladi. Bu haqda Prezidentning tegishli farmoni imzolandi.
Farmonga ko‘ra, quyidagilar mukofotlangan:
II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan
-
Abdurahmonov Akram Abdusattorovich - Respublika bolalar kam invaziv va endovizual xirurgiya ilmiy-amaliy markazi jarrohi
-
Botirov Abdurahmon Ro‘zumboyevich - Boyovut tumanidagi "Boyovut To‘maris shifo" mas’uliyati cheklangan jamiyati bolalar shifokori, Sirdaryo viloyati
-
Jalolova Hafiza Muxtorovna - Pop tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi mudiri, Namangan viloyati
-
Xudoyberdiyev Qobil Tursunovich - Andijon davlat tibbiyot institutining travmatologiya, ortopediya va neyrojarrohlik kafedrasi mudiri, Andijon viloyati
II darajali "Salomatlik" ordeni bilan
-
Avezova Gulnora Rustamovna - Respublika tez tibbiy yordam markazining Navoiy viloyati filiali Qiziltepa tumani bo‘limi bosh feldsheri
-
Allaqulov Islomboy Madrimovich - Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining reanimatsiya bo‘limi mudiri
-
Berdiyeva Muqaddas Hasanboyevna - Sharof Rashidov tumanidagi "Muruvvat" nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi hamshirasi, Jizzax viloyati
-
Maulenov Babaraushan Jumabayevich - Shumanay tumani tibbiyot birlashmasining qabul bo‘limi anesteziolog-reanimatologi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
-
Mahmatmurodova Gulsina Islomovna - Urgut tumanidagi "Sharof Rashidov" oilaviy shifokorlik punkti umumiy amaliyot shifokori, Samarqand viloyati
-
Memdjanova Aliya Nuriyevna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Farg‘ona filiali laboratoriya bo‘limi mudiri, Farg‘ona viloyati
-
Nazarov Akmal Bobomurodovich - Parkent tumani tibbiyot birlashmasining jarrohlik bo‘limi mudiri, Toshkent viloyati
-
Saidov Ashur Safarovich - Bandixon tumanidagi 44-oilaviy poliklinikasi oilaviy shifokori, Surxondaryo viloyati
-
Safarov Orif Murodullayevich - Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali oftalmologi, Buxoro viloyati
-
Shukurov Abdurahmon Raupovich - Qarshi shahri markaziy shifoxonasining reanimatsiya bo‘limi mudiri, Qashqadaryo viloyati
"Do‘stlik" ordeni bilan
-
Jumabayeva Roza Bazarbayevna - Bo‘stonliq tumanidagi "Pskom" oilaviy shifokorlik punkti patronaj hamshirasi, Toshkent viloyati
-
Salaxitdinov Shuhratjon Najmitdinovich - Bolalar milliy tibbiyot markazi direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari – bosh shifokori
-
Smetova Gulnar Joldasbayevna - Kegeyli tumanidagi "Aqtuba" oilaviy shifokorlik punkti umumiy amaliyot shifokori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
-
Hakimova Sohibaxon Obidjanovna - Andijon tumanidagi "Muruvvat" nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi kichik tibbiy xodimi, Andijon viloyati
-
Xlevnaya Yelena Andreyevna - Guliston shahri ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi umumiy amaliyot shifokori, Sirdaryo viloyati
-
Shamsiyev Azamat Muhiddinovich - Samarqand davlat tibbiyot universitetining bolalar xirurgiyasi kafedrasi professori
"Sog‘lom turmush" medali bilan
-
Ortiqova Hulkar Akramovna - G‘allaorol tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi patronaj hamshirasi, Jizzax viloyati
-
Namozova Munisa Salomovna - G‘ozg‘on shahri tibbiyot birlashmasi tibbiy brigada hamshirasi, Navoiy viloyati
-
Niyazova Diloram Askarovna - Toshkent shahridagi 2-bolalar jarrohlik klinik shifoxonasining jarrohlik bo‘limi katta hamshirasi
-
O‘jarova Dilbar Xurramovna - G‘uzor tumanidagi "Qovchin" oilaviy shifokorlik punkti shifokori, Qashqadaryo viloyati
-
Husanova Norbegim Rivojovna - Paxtachi tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limining epidemiologiya va immunoprofilaktika bo‘linmasi mudiri, Samarqand viloyati
-
Hamdamova Muhayyoxon To‘xtasinovna - Buxoro davlat tibbiyot institutining akusherlik va ginekologiya kafedrasi professori, Buxoro viloyati
-
Homidjonova Ra’no Jiyanovna - So‘x tumanidagi "Lenbur" oilaviy shifokorlik punkti hamshirasi, Farg‘ona viloyati
"Shuhrat" medali bilan
-
Jumaboyev Otabek Toshtemirovich - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon filiali jarrohi, Andijon viloyati
-
Qobilov Botir Zokirovich - Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax filiali xirurgiya bo‘limi mudiri, Jizzax viloyati
-
Musayev Ulug‘bek Ergashaliyevich - Mingbuloq tumanidagi "Med Layt" xususiy klinikasi rahbari, shifokor-terapevti, Namangan viloyati
-
Sultonova Zulfiya Radjapbayevna - Tuproqqal’a tumanidagi "Sarimoy" oilaviy shifokorlik punkti patronaj hamshirasi, Xorazm viloyati
-
Tangirbergenov Rustam - Respublika tez tibbiy yordam markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialining Beruniy tumani bo‘limi haydovchisi
-
Tillaboyev Sodiqjon Valiyevich - Furqat tumani tibbiyot birlashmasining qabul bo‘limi jarrohi, Farg‘ona viloyati
-
Sharipov Islomjan Mamatxanovich - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining kam invaziv yurak-qon tomir jarrohligi bo‘limi mudiri
-
Sharipova Ra’no Rustamovna - Sariosiyo tumanidagi "Guliston" oilaviy shifokorlik punkti patronaj hamshirasi, Surxondaryo viloyati
-
Yormatov Alisher - O‘zbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasi a’zosi, Samarqand viloyati
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi tibbiyot xodimlari kuni sifatida nishonlanadi.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida akademik Vosit Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 50 yilligi munosabati bilan, o‘tgan oyda esa Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 50 yilligi munosabati bilan bir guruh shifokorlar mukofotlangandi.
LiveBarchasi