Prezident Bektemirda yangi qo‘shma korxona faoliyatini ko‘zdan kechirdi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanidagi “Prof- Milk” qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Mamlakatda chorvachilik bilan birga go‘sht va sutni qayta ishlash tarmog‘i kompleks rivojlantirmoqda. Xususan, bugungi kunda sutni qayta ishlovchi 600 dan ziyod korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda tayyorlanayotgan sara mahsulotlar odamlar dasturxonidan joy oldi, xorijga ham eksport qilinyapti.

“Prof-Milk” qo‘shma korxonasi shu oyda ishga tushirildi. Loyiha qiymati 3 million dollar bo‘lgan ushbu majmua Shveysariyaning “Tanotrade” kompaniyasi va "Toshelektroapparat" xususiy korxonasi hamkorligida zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi. Bu yerda 50 kishi ish bilan band.

Bu yerda 1,5 ming tonna mahsulot, pishloqning 10 ga yaqin turi ishlab chiqariladi. Joriy yilda esa eritilgan pishloq bu qatorni to‘ldirishi rejalashtirilgan.

Prezident ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Korxonani barqaror xomashyo bilan ta’minlash, mahsulotlar turini ko‘paytirib, yangi bozorlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shu yerda "BARTEC TRADE" kompaniyasi tomonidan import o‘rnini bosuvchi ehtiyot qismlar ishlab chiqarish loyihasi to‘g‘risida ma’lumot berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

33

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing