Prezident Asaka tumani rahbarlarini mukofotladi (video)

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyevning bugun, 29 iyuldagi farmoni bilan Andijon viloyati Asaka tumani rahbarlari hamda Prezident Administratsiyasining mas’ul xodimi mukofotlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan quyidagilar mukofotlangan:

“Do‘stlik” ordeni bilan

Nasibulla Nabiyevich Mo‘minov – Andijon viloyati Asaka tumani hokimi

“Jasorat” medali bilan

Akmaljon Dilmuradovich Mirzakarimov – Andijon viloyati Asaka tumani prokurori

Shohruhbek Xolmuhammedovich Nazirov – Andijon viloyati Asaka tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i

Ilhomjon G‘ulomovich Rahimov – Andijon viloyati Asaka tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i

“Shuhrat” medali bilan

Farhod Qabuljonovich Nabiyev – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi.

Ular O‘zbekistondagi “tub islohotlar va davlat dasturlari ijrosini muvaffaqiyatli amalga oshirish, Asaka tumanining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish borasidagi katta xizmatlari, o‘zining boy bilim va tajribasi, tashkilotchilik va tashabbuskorlik qobiliyati bilan hududlar infratuzilmasini takomillashtirib, “Islohotlar shtabi” faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yganligi, xalq manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, aholi tinchligi va farovonligini ta’minlash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun” mukofotlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Andijon Asaka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing