Prezident Aliyev Xonkendidagi futbol uchrashuvida ishtirok etdi
Sport
−
23 dekabr 2023 4593 1 daqiqa
Joriy yilning 21 dekabr kunida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va mamlakatning birinchi xonimi Mehribon Aliyeva futbol bo‘yicha Ozarbayjon kubogining 1/8 final bosqichi o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan Xonkendi shahri markaziy stadioniga tashrif buyurdi. Bu haqda “Azerisport.com” xabar berdi.
Davlat rahbarining stadionga kelishi muxlislar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi.
O‘yinning ochilishida Aliyev so‘zga chiqdi va barcha yig‘ilganlarni Xonkendi ozod qilingandan keyingi ilk futbol uchrashuvi bilan tabrikladi.
Ta’kidlash joiz, “Qorabog‘" va MOIK jamoalari o‘rtasidagi bahs 1:0 hisobida yakunlandi. “Qorabog‘” jamoasi a’zosi Narimon Oxunzoda 90+5 daqiqada golga mualliflik qildi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025