Prezident Administratsiyasida tayinlovlar amalga oshirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning bugun, 30 dekabrdagi tegishli farmoyishlariga muvofiq tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda  Sudyalar oliy kengashi xabar berdi.

Sardor Tohirovich Jo‘raboyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u Sirdaryo viloyat sudi raisining o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etildi.

Shaxriyor Baxtiyorovich Bakayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori sifatida ishlab kelgan Jahongir Baxtiyorovich Jo‘rayev esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylani munosabati bilan loyiha koordinatori lavozimidan ozod etildi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yil iyul oyida Nodira Jalolovna Hakimova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi


Maqola muallifi

Teglar

Prezidenti Administratsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing