Prezident Administratsiyasining yangi tarkibi tasdiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida bir necha tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Davlat rahbari farmoni bilan quyidagilar lavozimga tayinlandi:

  • Aziz Yuldashevich Magrupov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi lavozimiga;
  • Ravshan Ayubovich Gulyamov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;
  • Alisher Saidabbasovich Sultanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining energetika xavfsizligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;
  • Shuxrat Madaminovich G‘aniyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining agrar rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;
  • Muzaffar Murodovich Komilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;
  • G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga;
  •  Doniyor Baxtiyorovich Qodirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;
  • Odil Qalandarovich Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari lavozimiga;
  • Qahramon Ko‘karovich Quronboyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yoshlar siyosati departamentining rahbari lavozimiga;
  • Alisherbek Azizovich Paygamov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamentining rahbari lavozimiga;
  • Nodirjon Abduqunduzovich Abdurahimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rejalashtirish va axborot ta’minoti departamentining rahbari lavozimiga;
  • O‘tkirjon G‘ayratovich Qodirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Hududlar bilan hamkorlik qilish va tahliliy materiallarni tayyorlash departamentining rahbari lavozimiga;
  • Ulug‘bek Uchqunovich Qurbonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti protokolining rahbari lavozimiga;
  • Sherzod Ikromovich Asadov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi lavozimiga;
  • Saidlaziz Saidasilovich Saidkarimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Nazorat inspeksiyasining boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, avvalroq Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi Saida Shavkatovna Mirziyoyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi lavozimiga, Komil Ismoilovich Allamjonov esa Prezident Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergandik.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Sardor O‘ktamovich Umurzoqov Prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi. U bundan oldin Prezident Administratsiyasi rahbari edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing