Prezident Administratsiyasi mas’uli Madaniy meros agentligiga direktor bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 16 noyabr kuni Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligiga Shaxriyor Nurulloyev direktor etib tayinlandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 755-son qarorida keltirilgan. 

Tayinlovga qadar, Shaxriyor Nurulloyev Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi sifatida faoliyat yuritgan. 

Ma’lumot uchun, Madaniy meros agentligi moddiy madaniy meros, muzeylar, arxeologiya, madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 noyabrida Tursunali Qo‘ziyev Madaniy meros agentligi direktori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

174

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing