Prezident Administratsiyasi mansabdori lavozimidan ozod etildi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan Alisherbek Azizovich Paygamov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Tashqi aloqalar departamentining boshlig‘i lavozimiga Sardorbek Ulug‘bekovich Umurzakov tayinlandi. Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh inspektori lavozimidan ozod etildi. 2006-2018 yillarda Tashqi ishlar vazirligi tizimida turli lavozimlarda hamda O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida ishlagan. 2018 yildan buyon Prezident Administratsiyasida mas’ul lavozimlarda, shu jumladan, tashqi siyosat yo‘nalishida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, Alisherbek Paygamov 1981 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida bakalavr va magistraturani tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2003 yilda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Axborot-tahlil bosh boshqarmasi mutaxassisi lavozimida boshlagan. Keyinchalik Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining Axborot-tahlil bosh boshqarmasida MDH, Osiyo va Afrika mamlakatlari bo‘yicha yetakchi mutaxassis, 2005-2007 yillarda esa MDH mamlakatlari bo‘limida bosh mutaxassis lavozimlarida ishlagan. 2007 yilda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha uchinchi kotib, keyin 2007-2008 yillarda birinchi kotib, 2008-2013 yillarda maslahatchi lavozimlarida ishlagan.

2013 yildan boshlab Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi axborot-tahlil bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan. U joriy yilning iyul oyida amalga oshirilgan tayinlovlarda Prezident Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamentining rahbari lavozimida qoldirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Alisherbek Paygamov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar