Rasman: Abduhakim Hojiboyev Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidentining tegishli qarori bilan Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Abduhakim Mo‘minovich Hojiboyev Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik xabar berdi.

Tibbiyot fanlari doktori, professor Abduhakim Xadjibayev o‘z faoliyatini oddiy xirurglikdan boshlab,  so‘nggi yigirma yil davomida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori, Shoshilinch tibbiy yordam vrachlar assotsiatsiyasi raisi, Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari va uch bor Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

2003 yil “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” unvoni hamda 2020 yil "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan.

Avvalroq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Hojiboyev nomzodini Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tasdiqlagani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Abduhakim Hojiboev

Baholaganlar

125

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing