Prezident 5-sinf o‘quvchisini uning vafotidan so‘ng mukofotladi

Olam

image

11 yoshli qahramon o‘limdan so‘ng "Jasorat" ordeni bilan mukofotlandi, deya xabar bermoqda “Pervыy kanal”. 

Farmonda Aleksey Martыnenkoning jasurligi va qat’iyati, odamlarni o‘ta og‘ir sharoitda qutqarishdagi xizmati ko‘rsatilgan.                                                 

Shu yilning 23 iyulga o‘tar kechasi Xabarovskdagi yozgi oromgohda kelib chiqqan yong‘inda 26 chodirdan 20 tasi yonib ketdi. 189 nafar bolani o‘z bag‘riga olgan oromgohda evakuatsiya paytida litsey o‘quvchisi 11 yoshli Aleksey Martыnenko qizlarning yonayotgan chodiriga yordamga yuguradi. Shu kuni o‘smir qattiq kuygan va keyinchalik kasalxonada vafot etgan

Bugun, 13 avgust kuni Prezident Vladimir Putin bir qator fan, madaniyat va sport olimlarini mukofotlash to‘g‘risidagi Farmonga imzo chekdi. 

Aleksey Martыnenkodan tashqari mukofotlanganlar qatorida dirijyor Vladimir Spivakov birinchi darajali "Vatan oldidagi xizmatlari uchun" ordenini, 4-darajali xuddi shu mukofotni Chexov nomidagi Moskva badiiy teatrining aktrisasi Anastasiya Voznesenskayadan oldi. Dramaturg Arkadiy Inin va "Lokomotiv" futbol klubining bosh murabbiyi Yuriy Syomin ham taqdirlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

211

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing