Prezident 2021 yilda amaldorlarning ishini baholashdagi bosh mezonni belgiladi
Jamiyat
−
29 dekabr 2020 4783 1 daqiqa
Mahalliy ijro va vakillik organlari hamda mahallaning institutsional asoslari takomillashtiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 29 dekabr kuni Oliy Majlisga murojaati davomida aytib o‘tdi.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, mahalliy hokimlik va kengashlar bundan 27 yil avval, ya’ni hokimlik instituti joriy etilgan paytda qabul qilingan Qonun asosida ishlamoqda.
“Qonunchilik palatasi va Senat, Vazirlar Mahkamasi bilan birga 2021 yil 1 aprelga qadar mahalliy ijro va vakillik organlari hamda mahalla instituti faoliyatini tubdan takomillashtirishga oid yangi qonun loyihalarini ishlab chiqadi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ushbu hujjatlarda, hokimlar, ularning o‘rinbosarlari va maslahatchilarining vakolat chegarasi, vazifa va funksiyalari aniq belgilanadi.
“Bundan buyon mahalladagi ishlarni ahvoli vazirlik, idora va hokimlarnig ishini baholashda bosh mezon bo‘ladi”, deya ta’kidladi Prezident.
Qayd etilishicha, joriy yilda, tumanlar byudjetiga qo‘shimcha manbalarning kamida 10 foizini bevosita aholi fikr mulohazalari va mahalladagi muammolarni hal etishga yo‘naltirish bo‘yicha ishlarni boshlab, bu maqsadlarga 70 mlrd so‘m yo‘naltirildi.
Endi, bu vakolatni yanada kengaytirib, tuman byudjeti xarajatlarining 5 foizini ham, ana shunday maqsadlarga yo‘naltirish tartibi joriy etiladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025