Prezident 182 nafar mahkumni afv etdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev afv to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. Unga ko‘ra, hibsdagi 182 nafar mahbus ozodlikka chiqariladi. Bu haqda Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigida aytilgan. 

Prezident farmoni hali matbuotda e’lon qilinganicha yo‘q. 

“Xalqimizga xos kechirimlilik, bag‘rikenglik va olijanoblik tamoyillariga amal qilgan holda, bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, qilmishiga chin dildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan shaxslarga nisbatan afv instituti muntazam qo‘llanmoqda. Shu boradagi ishlarimizning davomi sifatida Konstitutsiya kuni arafasida yana bir farmonga imzo chekdim. Unga ko‘ra, shu toifaga mansub 182 nafar shaxs muddatidan oldin ozod qilinib, erkin hayotga qaytarilmoqda”, deydi davlat rahbari.

Prezident keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu yil 4 mingdan ortiq shaxs sud zalidan ozod qilinib, 8 mingga yaqin fuqaroga nisbatan asossiz qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarilgan, 859 nafar shaxs oqlangan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident mamlakat mustaqilligining 30 yilligi arafasida 215 kishini afv etish haqidagi hujjatni imzolagandi. 


Maqola muallifi

Teglar

afv

Baholaganlar

257

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing