Koronavirus yarim milliard odamni qashshoqqa aylantirishi mumkin

Olam

image

Koronavirus COVID-19 infeksiyasi butun dunyoda taxminan 500 million kishiga qashshoqlik bilan tahdid solmoqda. Bu haqda Oxfam xalqaro xayriya uyushmasi tadqiqotchilari hisobotida aytilgan. 

Tadqiqot Xalqaro valyuta fondi va Butunjahon bankining an’anaviy yig‘ilishi oldidan o‘tkazilgan.

Ekspertlar koronavirus uy xo‘jaliklariga zarba berishini, natijada ularning soni qisqarishini aniqladilar.

"Hozirda 2008-h yilgi inqirozdan ham ko‘ra chuqurroq bo‘lgan iqtisodiy inqiroz avj olmoqda. Tahlillar dunyodagi qashshoqlik darajasi 1999 yildan buyon birinchi marta oshishi mumkinligini ko‘rsatmoqda", deyiladi hujjatda.

Qashshoqlik mezonlari Butunjahon banki tomonidan quyidagicha tasniflangan:

Bir kunlik daromadi 1,9 dollardan kam bo‘lgan kishilar qashshoqlikning eng past darajasi vakillari sanaladi. Bundaylar butun sayyora 10%ni tashkil etadi. Kuniga 5,5 dollar daromad oladigan ishchi esa o‘rta qashshoqlardir. Bu koinot aholisining 46 % aholi degani. 

Koronavirus tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz tufayli hisobotda qashshoqlik chegarasida yashaydigan odamlar soni ko‘payishi mumkin. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 434 million kishiga yetadi.

Ekspertlarning qo‘shimcha qilishlaricha, hujjatlarda eng keskin ssenariy taqdim etilgan bo‘lib, u jahondagi o‘rtacha daromadlar 20%ga qisqarishini nazarda tutadi.

Ma’lumot o‘rnida, koronavirusga chalinganlar dunyo bo‘ylab 1 602 885 nafarga yetdi. Bemorlarning 95 745 nafari vafot etdi. 355 514 kishi sog‘aydi. 


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

71

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing