Prezident hokimlarning ish o‘rni yaratish bo‘yicha rejalarini qoniqarsiz deb baholadi
Jamiyat
−
26 may 2022
4841Viloyat hokimlari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yil yakuniga qadar sanoat zonalarida 2 mingta yangi loyihani ishga tushirishi shart. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 26 may kuni hududlarda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini tashkil qilish va ularni muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ta’kidladi.
Davlat rahbariga ko‘ra, hokimlarning ajratilayotgan mablag‘lar hisobidan ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha rejalari qoniqarsiz. Shu sabab bir hafta muddatda ushbu rejalarni ajratilayotgan mablag‘larga mos ravishda qayta ko‘rib chiqishi kerak.
“Umuman, viloyat hokimlari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yil yakuniga qadar sanoat zonalarida 2 mingta yangi loyihani ishga tushirishi shart”, deydi Prezident.
Viloyat hokimlari oldiga bu loyihalar hisobiga qo‘shimcha 110 mingta ish o‘rni yaratish, 17,5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish, kamida 1 milliard dollarlik eksport qilish uchun sharoit yaratish vazifasi qo‘yildi.
Bundan tashqari, infratuzilmasi hal etilgan sanoat zonalarida 1 mingdan ziyod yangi loyihaga yetadigan yer maydonlari mavjudligi ko‘rsatib o‘tildi.
Ikki oy muddatda 174 ta maxsus zonada kamida 250 ta yer maydonini auksionga chiqarib, loyihalarni boshlashga ko‘rsatma berildi.
LiveBarchasi