Prezident hokimlarni tanqid qildi
Sport
−
13 fevral
10712O‘zbekistonda sport sohasida mavjud salohiyat to‘liq ishga solinmayotgani bo‘yicha hokimlarning ham bu boradagi mas’uliyati umuman sezilmayotgani qayd etildi. Bu haqda bugun, 13 fevral kuni Prezident raisligida o‘tkazilayotgan 2028 yilgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni kuchaytirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan videoselektorda ma’lum qilindi.
Hokimlar sport federatsiyalarining hududiy bo‘limlari rahbarlarini tanimasligi, sportchi va trenerlarni qabul qilmasligi, sportchilar xalqaro musobaqada natija qilganidan keyingina bundan xabar topishi ko‘rsatib o‘tildi.
Masalan, o‘tgan yili olimpiya sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatlarida sportchilar 58 ta medal qo‘lga kiritdi. Lekin Navoiy, Surxondaryo va Qashqadaryo sportchilari bu chempionatlarda birorta ham medal olmagan.
Parij Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritilgan litsenziyalar Navoiy va Qoraqalpog‘istonda eng kam.
Shu bois yondashuvlarni hozirdan o‘zgartirib, yoshlarni sportga, ayniqsa, olimpiya sport turlariga tayyorlash, ularni seleksiya qilish, iqtidorli sportchi va murabbiylarni rag‘batlantirish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Sportda adolat o‘rnatish, sportchi va murabbiylarga manfaat olib kelish va sohani raqamlashtirish mutasaddilar, sport federatsiyalari rahbarlari va hokimlar faoliyatini baholashda bosh mezon bo‘lishi belgilab olindi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekistonda mavjud salohiyat to‘liq ishga solinmayotgan sport turlari ma’lum qilingandi.
LiveBarchasi