Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Xorazm viloyatida fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Yangiariq tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.M. fuqaro D.I.ning ishonchiga kirib, unga Urganch davlat universiteti tomonidan berilgan akademik ta’tilini to‘g‘rilab, diplom olib berishi evaziga 900 dollar va 1,3 mln so‘mni tanishi M.Ya. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro D.M. fuqarolar B.O. va A.B.ni aldab, ularning Qozog‘iston Respublikasi universitetidagi o‘qishini go‘yoki Qirg‘iz Respublikasidagi xalqaro universitetga ko‘chirib, ushbu ta’lim muassasasini tugatgani haqida soxta diplom tayyorlab berib, evaziga ularning jami 4 800 dollarini qo‘lga kiritgani aniqlangan. 

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida soxta haydovchilik guvohnomasi rasmiylashtirib berish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etilgandi. Xususan, Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida avtomaktab o‘rgatuvchi ustasi G‘.Q. fuqaro A.R.ga avtomaktabda o‘qimasdan haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 600 AQSH dollarini olib, unga soxta guvohnoma rasmiylashtirib bergani aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm soxta diplom

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing