“Prava” olishga to‘sqinlik qiluvchi kasalliklar ro‘yxati tasdiqlanadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda haydovchilik huquqini olishga to‘sqinlik qiluvchi kasalliklar ro‘yxati tasdiqlanadi. Mazkur kasalliklar ro‘yhati yo‘l harakatini tashkil etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan “Yo‘l harakatini tashkil etish to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasida aks etgan. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev ma’lum qildi.

Deputatga ko‘ra, qonun loyihasida yo‘l harakatini tashkil etishning asosiy prinsiplari etib quyidagilar belgilanmoqda:

•  fuqarolar manfaatlarining ustuvorligi;

•  yo‘l harakatini tashkil etish bo‘yicha faoliyat va tadbirlarning tizimliligi;

•  ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilishning ustuvorligi;

•  piyoda va velosiped harakatlanishi uchun sharoit yaratish;

•  ochiq va jamoatchilikni o‘z vaqtida xabardor etish.

Qayd etilishicha, ushbu qonun asosida “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunga ham o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, jumladan quyidagilarni belgilash nazarda tutilgan:

•  Haydovchilik huquqini olishga to‘sqinlik qiluvchi kasalliklar ro‘yxati;

•  Haydovchilik huquqini olgandan keyin transport vositasini boshqarishga to‘sqinlik qiluvchi kasalliklar ro‘yxati.

“Ko‘rib turganimizdek, bundan buyon avtomobil haydashning o‘zi bo‘lmaydi. Mas’uliyat bir emas, o‘n baravar oshadi. Albatta mas’uliyat oshishi haydovchilar bilan bir qatorda nazorat qiluvchi organlarning xodimlarida ham parallel ravishda kechmog‘i lozim”, deydi Rasul Kusherboyev.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1329

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing