“Prava” almashtirish vaqtincha to‘xtatildi

Jamiyat

image
Belgilangan muddatda “prava”sini yangilamagan haydovchiga qanday chora ko‘riladi? north_east

Belgilangan muddatda “prava”sini yangilamagan haydovchiga qanday chora ko‘riladi?

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini almashtirish xizmati texnik-profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi munosabati bilan joriy yilning 19 martidan – 2 apreligacha vaqtincha ko‘rsatilmaydi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda respublika bo‘yicha eski namunadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan haydovchilar soni – qariyb 5,7 mln nafarni tashkil etadi. Shunga ko‘ra, eski haydovchilik guvohnomalarini majburiy almashtirish muddatlari Hukumat tomonidan 2 marotaba (dastlab, 2020 yildan – 2021 yilning oxiriga qadar, keyinchalik 2021 yildan – 2022 yilning so‘ngiga qadar) uzaytirilgan. 

Qolaversa, haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish hajmini yil davomida bir maromda taqsimlash, ularning yil yakunida almashtirish joylarida to‘planib qolishlarining oldini olish maqsadida guvohnomalarni almashtirishning yakuniy muddatlari tabaqalashtirilgan (masalan, 2010 yilgacha olingan guvohnomalar – 2022 yilning apreliga qadar, 2012 yilgachalari –  2022 yilning iyul oyiga qadar va hokazo). Ushbu muddatlarda almashtirilmagan haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas deb topilishi belgilangan.

Haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish uchun vakolatli idora Ichki ishlar vazirligining YHXX tuman va tumanlararo bo‘limlari hisoblanadi.

“Haydovchilarga qulay sharoit yaratish maqsadida 2018 yilning may oyidan eksperimental tartibda Davlat xizmatlari markazlarida ham “prava” almashtirish xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bunda xizmat uchun nafaqat kelgan holda, balki onlayn shaklda ham murojaat qilish imkoni yaratildi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda jami 74 ta punktda xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilib, tegishli moddiy-texnikaviy baza bilan ta’minlangan (qurilmalarning 49 tasi – YHXBB bo‘linmalari, 25 tasi Davlat xizmatlari markazlariga o‘rnatilgan). Amalga oshirilgan ishlar natijasida, yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi amaliyotga kiritilgan paytdan boshlab, bugungi kunga qadar 2,6 mlndan ortiq haydovchilarning guvohnomalari yangisiga almashtirilgan.

Davlat xizmatlari agentligi poytaxtda va viloyatlardagi haydovchilarimizga qulaylik yaratish maqsadida “so‘nggi mijozgacha” ish rejimini yo‘lga qo‘ydi. Ma’lumot uchun DXMlarda o‘rtacha bir fuqaroga xizmat ko‘rsatish uchun 4-5 daqiqa vaqt sarflanmoqda.

“Biroq, o‘tkazilgan tahlillar 3,1 mlndan ortiq fuqarolarimiz tomonidan hujjatlarni almashtirilmay kelinganligini ko‘rsatdi. Muammoni bartaraf etish uchun mas’ullar birinchidan, haydovchilik guvohnomasini almashtirishning oxirgi muddatlarini mutanosib tarzda – 2023 yilning 31 dekabriga qadar o‘zaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanmoqda. Ikkinchidan, haydovchilik guvohnomalari almashtirilmagan fuqarolar sonidan kelib chiqib, tashrif buyuruvchilarning tahminiy soni va asosli talabini inobatga olib, haydovchilik guvohnomasini almashtirish punktlarini kamida ikki barobarga ko‘paytirishni rejalashtirgan”, deyiladi xabaarda.

Shuningdek, IIV ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yilning 1 aprelidan boshlab haqiqiy emas, deb topiladigan haydovchilik guvohnomalari bo‘yicha, istisno tariqasida tegishli ta’sir choralari qo‘llanilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

574

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing