Tomskdagi fojiada halok bo‘lganlar jasadi O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat
−
31 yanvar 2020
5488Rossiya Federatsiyasining Tomsk viloyatida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlardan 10 nafarining jasadi O‘zbekistonga olib kelingani xabar qilingan edi.
Kecha, 30 yanvar kuni ushbu fojiada tirik qolgan 2 nafar o‘zbekistonlik hamda vafot etgan 2 marhumning jasadi ham O‘zbekistonga olib kelindi.
Olib kelingan jasadlar ularning doimiy yashagan viloyatlariga yetkazildi.
Eslatib o‘tamiz, 21 yanvar kuni Rossiyaning Tomsk viloyatida 12 nafar o‘zbekistonlik yong‘in oqibatida halok bo‘lgan, 2 nafari tirik qolgandi.
LiveBarchasi