Poytaxtning 4 tumanida elektr energiyasi o‘chiriladi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining 4 tumani aholisi elektr energiyasidan uzib qo‘yiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali Matbuot xizmati xabar berdi.

Unda aytilishicha, bugun, 14 iyun kuni iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash hamda elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi:

• Yashnobod tumanining: “Shohsanam”, “Katta Yangiobod”, “Aviasozlar”, “Navro‘zobod”, “Parvoz” hamda “Dilbog‘” MFYlarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha;

• Uchtepa tumanining: “Bog‘iston” MFYning 4 ta ko‘p qavatli turar-joy binosida soat 17:00 gacha;

• Yakkasaroy tumanining: “Muqimiy” MFY hududida soat 17:00 gacha;

• Chilonzor tumanining: “Do‘mbirobod” hamda “1-Charx Kamolon” MFYlari hududida soat 18:00 gacha;

Shuningdek, xabarda yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

elektr energiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing