Poytaxtdagi reklamalarning qanchasi noqonuniy joylashtirilgan?
Jamiyat
−
18 Sentabr 2023
3610Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida 16 832 ta tashqi reklama va axborot ob’ektlari mavjud bo‘lib, ularning 58,8 foizi (9 905 tasi) belgilangan talablarga mos kelmaydi, 3 082 tasi esa noqonuniy joylashtirilgan. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, butun respublikadagi tashqi reklama va axborot ob’ektlarining 11 144 tasi yoki 66 foizi Toshkent shahrida joylashgan. Mos ravishda poytaxt ko‘chalaridagi 6 004 ta reklama ob’ekti talabga javob bermaydi, 2 984 tasi esa noqonuniy (hech qanday hujjatlarsiz) joylashtirilgan.
Bundan tashqari, Toshkent shahrida tashqi reklama ob’ektlarining davlat tilida bo‘lishini ta’minlash yuzasidan jami 745 ta monitoring o‘tkazilgan. Shundan, 159 ta (21,3 foiz) holatda reklamaning, 339 ta holatda (45,5 foiz) peshlavhalarning va 39 ta (5 foiz) holatda boshqa e’lon va matnlarni chet tillarda berilgani aniqlangan.
Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2023 yil II yarim yillik Ish rejasiga muvofiq, Toshkent shahridagi tashqi yozuvlar, xususan, peshlavha, reklama va boshqa e’lonlar, axborot matnlarining davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini o‘rganish belgilangan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr