Poytaxtdagi maktabda darslar sham yorug‘ida o‘tilyapti

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi maktablardan birida o‘quvchilarga sham yorug‘ida dars o‘tilayotgani aks etgan surat tarqaldi. Ushbu holatga Chilonzor tumani hokimligi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat Chilonzor tumanidagi 280-maktabda sodir bo‘lgan. Surat joriy yilning 6 dekabrida olingan. Shu kuni maktab joylashgan mavzeda  katta nosozlik yuz bergan va ortiqcha yuklama  bo‘lgani tufayli  transformator podstansiyasida shaxmat taxtasi tartibida elektr vaqtincha o‘chirilgan.

Oqibatda maktabdagi 66 ta sinfxonadan 17 tasida elektr ta’minoti bo‘lmagan. 

"Bulutli ob-havo tufayli ertalab sinfxonalarda odatdagi kunlarga qaraganda yorug‘lik pastroq bo‘lgani uchun o‘qituvchilardan biri o‘z tashabbusi bilan sham yoqqan", deyiladi tuman hokimligi xabarida.

7 dekabr kuni esa maktabdagi mazkur muammo bartaraf etilgan. 

"Hozirda maktab elektr quvvati bilan to‘liq ta’minlangan", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

235

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing