Poytaxtdagi ko‘chalardan biri 10 oktyabrgacha yopildi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi ko‘chalardan biri 10 oktyabrgacha yopildi. 

Qayd etilishicha, Shayxontohur tumani Qoratosh ko‘chasidagi magistral issiqlik tarmoqlari quvurida  ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. 

Shu munosabat bilan mazkur ko‘chaning O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi yaqinidagi yo‘l joriy yilning 10 oktyabriga qadar qisman yopildi. 

Avvalroq, Toshkent metropolitenining Sergeli yunalishi qurilishi munosabati bilan shu yilning 25 noyabriga qadar Toshkentning Chilonzor tumanidagi Gavhar ko‘chasining bir qismi, ya’ni “Olmazor” metro bekati ro‘parasidagi yo‘l qisman yopilishi haqida xabar bergan edik.
 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent ko'chalari

Baholaganlar

25

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing