Poytaxtda Yangi yil kuni avtobuslarning ish vaqti o‘zgaradi

Jamiyat

−

image

Joriy yil Yangi yil bayrami munosabati bilan jamoat transportlarining ish vaqti bir kunga uzaytiriladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar berdi. 

Unga ko‘ra, barcha avtobus yo‘nalishlarining ish vaqti 1 yanvar kuni soat 01:00 ga qadar uzaytiriladi. Shuningdek, poytaxtning 18 ta manzilida bayram archasi bezatilgan bo‘lib, quyidagi avtobus va elektrobuslar ushbu manzilga qatnovni amalga oshiradi: 

• Asosiy archa “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi old maydoniga: 28, 30, 37, 44, 46, 57, 68, 78, 89, 91, 115, 140, 19, 38, 51, 55, 67, 85, 93, 2, 17, 24, 26, 72;

• Bektemir tumani: “Food city” majmuasiga: 39, 45, 68, 93, 110, 117, 128, 130, 133, 184;

• Mirobod tumani: “Furqat” bog‘iga: 12, 22;

• Mirzo Ulug‘bek tumani: Markaziy bog‘iga: 14, 17, 25, 50, 60, 63, 83, 96, 110, 119, 129, 151, 152;

• Mirzo Ulug‘bek tumani: “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga: 50, 106, 151, 190;

• Mirzo Ulug‘bek tumani: “Lokomotiv” bog‘iga: 5, 19, 83, 96, 128, 149, 153, 198;

• Sergeli tumani: Markaziy xiyobonga: 8, 40, 47, 48, 58, 59, 62, 75, 86, 104, 105, 126, 130, 131;

• Olmazor tumani: Talabalar shaharchasiga: 31, 34, 76, 87, 131;

• Shayxontohur tumani: “Anhor Lokomotiv” bog‘iga: 57, 78, 97;

• Shayxontohur tumani: “Tashkent City” bog‘iga: 13, 51, 141, 196, 11, 32, 47, 56, 76, 84, 103, 118, 150;

• Uchtepa tumani: “Seul” Eko-bog‘iga: 33, 113, 135, 2, 8, 9t, 41, 127, 141, 150;

• Chilonzor tumani: “G‘ofur G‘ulom” nomidagi istirohat bog‘iga: 2, 33, 75, 80, 84, 94, 98, 103, 135, 150;

• Chilonzor tumani: “Humo Arena” muz saroyi old maydoniga: 13, 51, 196;

• Chilonzor tumani: “Magic city” bog‘iga: 11, 32, 47, 76, 81, 103, 118, 126, 13, 51, 100, 196;

• Yakkasaroy tumani: “Next” savdo majmuasiga: 11, 32, 47, 76, 81, 126;

• Yashnobod tumani: “Aviasozlar” madaniyat saroyining old tomoniga: 15, 22, 54, 72, 148;

• Yashnobod tumani: “Ashxobod” bog‘iga: 1, 14, 16, 18, 21, 28, 30, 44, 72, 80, 96, 190;

• Yangihayot tumani: “Index” savdo majmuasiga: 75, 143.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing