Poytaxtda PPX mashinasida chaqaloq dunyoga keldi

Jamiyat

image

Toshkent shahar IIBB Post-patrul xizmati avtomobilida chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahar IIBB PPX brigadasi 4-son bataloni 4-otryadi xodimlari patrullash davomida Uchtepa tumani Istirohat ko‘chasi va Toshkent xalqa avtomobil yo‘li kesishmasida soat tungi ikki atrofida ikki nafar ayolni ko‘rgan. Ayollardan biri esa xomilador bo‘lgan.

PPX xodimlari bo‘lajak onani va uning qaynonasini avtomobilga o‘tqazib, eng yaqin shifoxona tomon yo‘l olishgan.

3-son Shahar bolalar klinik shifoxonasigacha (oldinga “Ona va bola” markazi) oz masofa qolganda xomilador ayolni tulg‘oq tutgan.

Shu onda safdor S. Muradov va B. Toshpulatov birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishgan. Tez orada PPX avtomobilida yangi inson dunyoga kelgan. Baxtiyor buvi va ona PPX xodimlariga yordam uchun minnatdorchilik bildirishgan.

Yosh ona va go‘dak shikoforlarga topshirildi.

Tibbiyot xodimlari ona va uning go‘dak o‘g‘lining holini o‘rganib, xodimlargi ularning holati qoniqarli ekanini, bolaning vazni – 3100 gr. ekanini aytishgan.


Maqola muallifi

Teglar

chaqaloq PPX

Baholaganlar

274

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing