Toshkent shahar IIO FMBlarida tayinlovlar amalga oshirildi

Jamiyat

image

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tizimida qator lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Podpolkovnik Doniyor Baxtiyorovich Rahmatov Yashnobod tumani IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi. 

Doniyor Rahmatov 1980 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 2002 yilda Toshkent shahar IIBB O‘quv markazini tamomlab, Uchtepa tumani IIB profilaktika inspektori lavozimidan boshlagan. 2006 yildan 2018 yilga qadar Shayxontohur tumani IIO FMBda profilaktika inspektori, profilaktika katta inspektori, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i v.b., huquqbuzarliklar profilaktikasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2018 yildan 2020 yilga qadar Yunusobod tumani IIO FMBda rahbarlik lavozimlarida xizmat olib borgan.

Podpolkovnik Shoira Salohiddinovna Sobirova Chilonzor tumani IIO FMB 1-sonli ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi (“Qatortol”, “1-Qatortol”, “Lutfiy”, “Oq tepa”, “Nafosat”, “Bog‘zor” mahalla fuqarolar yig‘inlari).

Mirzo-Ulug‘bek tumani IIO FMB 4-sonli ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i mayor Shuhrat Rahmatullayevich Solijonov etib tayinlandi (“Chimyon”, “Sultoniya”, “Gulsanam”, “Katta Qorasuv”, “Sho‘rtepa”, “Shukur Burxanov”, “Alisher Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘inlari).

Solijonov Shuhrat Rahmatullayevich

Podpolkovnik Botir Qahramonovich Rustamov Mirobod tumani IIO FMB 3-sonli ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i (“Inoqobod”, “Navro‘z”, “Tong yulduzi”, “Baynalminal”, “Istiqlolobod”, “Mirobod”, “Yangi Mirobod”, “Temiryo‘lchilar”, “Zaminobod”, “Birodarlik” mahalla fuqarolar yig‘inlari) etib tayinlandi.

Rustamov Botir Qahramonovich

Yashnobod tumani IIO FMB 4-sonli ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Sherzod Erkinovich Fayzullayev tayinlandi (“Navro‘zobod”, “Birlashgan”, “Parvoz”, “Dilbog‘”, “Iltifot”, “Nodira”, “Shohmardon”, “Shohsanam”, “Yanginur”, “Oydinko‘l”, “Donishmand” mahalla fuqarolar yig‘inlari).

Fayzullayev Sherzod Erkinovich

Podpolkovnik Muhammadiyev Otabek Rustamovich Yashnobod tumani IIO FMB 5-sonli ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi (“Uysozlar”, “O‘rta masjid”, “Yangiqo‘rg‘on”, “Behizor”, “Tarnovboshi”, “Katta Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inlari).

Muhammadiyev Otabek Rustamovich

Yashnobod tumani IIO FMB 6-sonli ichki ishlar bo‘limiga podpolkovnik Bahodir Baxtiyarovich Haqnazarov boshliq etib tayinlandi (“Qo‘yliqobod”, “Yangi davr”, “Bunyodkor”, “Katta qo‘yliq”, “Mumtoz”, “Iqbol” mahalla fuqarolar yig‘inlari).


Maqola muallifi

Teglar

IIBB

Baholaganlar

168

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing