“Poytaxt” biznes markazida yong‘in chiqdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 9 fevral kuni Toshkentdagi “Poytaxt” biznes markazida yong‘in yuz berdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Yunusobod tumanidagi sobiq “Poytaxt” biznes markazining rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan binosida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar FVBga soat 11:40 da kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, to‘rtta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:43 da voqea joyiga yetib borgan va soat 11:51 da yong‘in o‘chirilgan. Binoda qurilish materiallari yongan. Tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

"Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda", deyiladi vazirlikning xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent “Poytaxt” biznes markazi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made