Poytaxt aholisi ogohlantirildi

Jamiyat

image

Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi poytaxt aholisini qorli ob-havo kuzatilayotgani sabab ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. 

Boshqarma Toshkent shahrida qorli ob-havo kuzatilayotgani sababli, yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida;

  • yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishni;
  • oraliq masofani saqlashni;
  • tezlikni belgilangan me’yordan oshirmaslikni;
  • yo‘llarda harakatlanayotgan piyodalarni hurmat qilgan holda, ehtiyotkorlik bilan harakatlanishni so‘ragan. 

“Shu bilan birgalikda, avtomobillarni ko‘p qavatli bino va inshootlar, shuningdek daraxtlar tagida qoldirmaslikni va maxsus turargohlarda transport vositalarini saqlashingizni so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet 22-24 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi haqida ogohlantirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

qor Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing