Poytaxt aholisi chang-to‘zondan ogohlantirildi

Bu qiziq

image

Bugun, 29 iyun kuni Toshkent shahrida kuchli shamol kuzatilayotgani sababli chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Bu haqda poytaxt hokimligi aholiga ogohlantirish bilan chiqdi.

Shu munosabat bilan poytaxt aholisi va mehmonlaridan ehtiyot choralariga amal qilish so‘raladi.

Jumladan:

  • avtomobillarni daraxtlar va elektr uzatish liniyalari ostida qoldirmaslik;
  • allergiya yoki changga sezuvchanligi bo‘lgan fuqarolarga zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmaslik;
  • shahar bo‘ylab harakatlanishda ehtiyotkor bo‘lish;
  • o‘zini, yaqinlarini va shaxsiy mulkini asrash tavsiya etiladi.

Qayd etilishicha, ob-havo sharoitining yomonlashuvi sababli simlarning uzilishi, daraxtlarning qulashi va havoda chang miqdorining ko‘payishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri hududiga nam havo massalari kirib kelishi oldidan qisqa muddatli chang-to‘zon hodisalari kuzatilishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing