Poytaxt hududi Toshkent viloyati hisobiga kengayadi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatining bir qator hududlari Toshkent shahriga o‘tkazilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev ma’lum qildi.

Qonunchilik palatasi tomonidan “Toshkent viloyatining Zangiota, Yuqori Chirchiq, O‘rta Chirchiq va Qibray tumanlari hamda Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarining, shuningdek Toshkent viloyati va Toshkent shahri chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ko‘rib chiqildi.

Unga ko‘ra, Toshkent viloyatidan jami 7853,3 gektar yer maydoni (shundan 3250,1 gektari qishloq xo‘jalik yerlari) Toshkent shahriga, Toshkent shahridan 171,3 gektar yer maydoni Toshkent viloyati hududiga o‘tkazilishi belgilanmoqda. Jumladan: 

  • Toshkent viloyatining Zangiota tumanidan 1 827,1 gektar yer maydoni (Chorbog‘, Belariq, Fayzli, Jaloyir, Nomdanak, Qumariq, Xonobodtepa, Taraqqiyot, Qorasuv, Xonobod, Qushbegi, Sohibkor, Istiqlol, Nurafshon MFY) Toshkent shahrining Sergeli tumani tarkibiga; 
  • Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidan 490,0 gektar yer maydoni (Gulbog‘, Yik ota MFY) Toshkent shahrining Bektemir tumani tarkibiga; 
  • Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidan 1 134,2 gektar yer maydoni (Bektemir, Nurafshon, Namuna, Yangi hayot, A.Navoiy MFYlar) Toshkent shahrining Bektemir tumani tarkibiga; 
  • Toshkent viloyatining Qibray tumanidan 2 294,6 gektar yer maydoni (Geofizika, Alisherobod, Chingeldi, Do‘stlik, Taraqqiyot, Barkamol, Bog‘ishamol, Vatanparvar, Amir Temur, Mevazor, Gulbog‘, Gulzor-1, Pastki yuz MFYlar) Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani tarkibiga; 
  • Toshkent viloyatining Qibray tumanidan 2 107,4 gektar yer maydoni (Jarboshi, Tashisti, Ibrat, Mirishkor, Arg‘in, Bahor, Chinor, Tovkentepa MFYlar) Toshkent shahrining Yashnobod tumani tarkibiga;
  • Toshkent shahrining Sergeli tumanidan 33,8 gektar yer maydoni Toshkent viloyatining Zangiota tumani tarkibiga;
  • Toshkent shahrining Bektemir tumanidan 137,5 gektar yer maydoni Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani tarkibiga o‘tkazilmoqda.

Qaror loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinib Senatga yuborildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rasul Kusherboev

Baholaganlar

647

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing