Poyezdda ham korrupsiya: “ekonom”dagi sayyoh 15 dollar qistirib, VIP joyga ega bo‘ldi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda xorijlik sayyoh “Afrosiyob” tezyurar poyezdining ekonom klassiga 10 dollarga chipta xarid qilgani, poyezdga chiqqach esa poyezd kuzatuvchisi (provodnik) ga yana 15 dollar to‘lab, o‘z joyini VIP'ga almashtirgani tasvirlangan video tarqaldi. Poyezddagi korrupsiya esa jamoatchilikning muhokamalariga sabab bo‘ldi.

“Men joyimni ekonom klassdan VIP klassga o‘zgartirdim. Bu qanday bo‘ldi?  Men shunchaki poyezd kuzatuvchilari (provodnik) oldiga bordim va ko‘proq pul to‘lashdan xursandman, dedim. 15 dollar pul berdim va ko‘rib turganingizdek ovqat, kofe, elektr energiyasi va super qulaylikka ega bo‘ldim. Chiptamni 10 dollarga sotib olgan bo‘lsam, uni VIP klassga almashtirish uchun 15 dollar to‘ladim, xolos”, deydi sayyoh videoda.

Vaziyatga O‘zbekistondagi temiryo‘llar faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ham jim qarab turgani yo‘q. Uning bildirishicha, ushbu hodisa 2023 yilning  6 iyul kuni yuz bergan. 10 iyulda esa poyezd boshlig‘i mazkur holat bo‘yicha lavozimidan ozod etilgan. Vagon kuzatuvchilari styuardlarga bu kabi hodisalar qaytarilmasligi bo‘yicha tegishli yo‘riqnomalar bilan tushuntirish ishlari olib borilgan.

“Hozirgi kunda yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlarining barchasida ishchi guruh tomonidan tekshiruv amalga oshirilmoqda. Bu kabi holatlar qaytarilmasligi uchun nazorat o‘rnatilgan”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 oktyabridan boshlab O‘zbekistonda mahalliy yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlarining chipta narxlari oshishi ma’lum qilingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

poezd temiryo'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing