Poyezd ostida qolgan “Gazel” va Matiz bo‘yicha ma’lumot berildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda poyezd ostiga qolgan Matiz hamda teplovoz bilan to‘qnashgan “Gazel” avtomashinasining surati tarqaldi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bir kunda sodir bo‘lgan har ikki hodisa yuzasidan bayonot berdi.

Qayd etilishicha, ikki holat ham turli hududlarda har xil kunlarda sodir bo‘lgan. Ulardan birinchisi joriy yilning 6 fevral kuni  soat 16:30 da “Toshkent metallurgiya zavodi” MCHJ qo‘shma korxonasining shohobcha temir yo‘lida sodir bo‘lgan. Unda TEM2 №3091 seriyali manyovr teplovozi “Gazel” rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Mazkur hudud va shohobcha temir yo‘lllari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufiga tegishli emas. Ushbu holat bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda. 

Ikkinchi holat joriy yilning 7 fevral kuni soat 06:21 da sodir bo‘lgan. “Salar” stansiyasining qo‘riqlanmayotgan temir yo‘l kesishmasida VL80-2458 elektrovoz boshqarayotgan yuk poyezdi Matiz rusumli avtomobil bilan to‘qnashdi. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q. Tegishli idoralar tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston temir yo'llari

Baholaganlar

102

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing