Poyezd halokatidan so‘ng transport vaziri iste’foga chiqdi

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, Gretsiyaning Tempi shahrida yuk va yo‘lovchi poyezdlari to‘qnashib ketgan, oqibatda odamlar halok bo‘lgan edi.  Gretsiya Infratuzilma va transport vaziri Kostas Karamanlis mazkur halokatdan so‘ng iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Bu haqda Gretsiyaning ERT telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, Karamanlis fojia sodir bo‘lgan joydan qaytgach, bayonot bergan va iste’foga chiqishini ma’lum qilgan. U 3,5 yil davomida vaziyatni yaxshilash uchun barcha sa’y-harakatlarni qilgani, afsuski, bunday falokatning oldini olish uchun bu harakatlar yetarli bo‘lmaganini aytgan.

“Bunchalik fojiali voqea sodir bo‘lganda, xuddi hech narsa bo‘lmagandek yashashni davom ettirishning iloji yo‘q. Men bir necha yildan beri siyosatdaman, lekin mamlakatimiz fuqarolarining siyosiy tizimga ishonishini demokratiyamizning zaruriy elementi deb bilaman. Bu siyosiy javobgarlik deb ataladi. Shu sababdan men Infratuzilma va transport vaziri lavozimidan iste’foga chiqaman”, degan vazir o‘z bayonotida.

Shuningdek, vazir o‘z iste’fosini nohaq halok bo‘lgan insonlar xotirasiga hurmatining minimal belgisi, Gretsiya davlati va siyosiy tizimining cheksiz xatolari uchun javobgarlikni zimmasiga olishni esa o‘z burchi deb bilishini aytgan. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, fojia oqibatida kamida 40 kishi halok bo‘ldi. Yo‘lovchi poyezdida 350 ga yaqin odam bo‘lgan. Kasalxonada 66 kishi yotqizilgan, ulardan 6 nafari reanimatsiya bo‘limiga joylashtirilgan. Qolganlar jarohat olmagan va avtobusda Saloniki shahriga evakuatsiya qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

transport vaziri Poezd halokati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing