“Poshnali” deputatlar. Kanadada erkak siyosatchilar gender zo‘ravonlikka qarshi kurashmoqda (video)

Olam

image

Kanadalik erkak deputatlar ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi rangli baland poshnali tufli kiyib aksiya o‘tkazishdi. Ular ishga shu tarzda borish orqali “Halton Women’s place" homiylik qilayotgan “Baland poshnalilarga umid" (Hope in Heels) kampaniyasida qatnashgan. Bu haqda “Fox news" xabar berdi.

To‘rt yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan aksiya ayollar boshpanasi uchun mablag‘ yig‘ish, shuningdek, erkaklarni zo‘ravonlik qilmaslikka chaqirishga qaratilgan.

Qizil tufli kiyganlar orasida Kanada transport vaziri Umar Alghabra ham ishtirok etgan. U jamiyatda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik hali ham keng tarqalgani bo‘yicha fikr bildirgan.

“Baland poshnalilarga umid” — bu ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berishga chaqiruvchi tadbir bo‘lib, erkaklarni yechimning bir qismi bo‘lishga undaydi. Biz ushbu muhim ishni qo‘llab-quvvatlash uchun ularning qizil poshnali tuflilarini kiyib oldik”, deb yozdi Kanada transport vaziri Umar Alghabra. 


Maqola muallifi

Teglar

Kanada gender zo'ravonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing