Portugaliyada navbatdan tashqari saylovlar boshlandi
Olam
−
10 mart
5467Portugaliyada navbatdan tashqari parlament saylovlari uchun ovoz berish boshlandi. Bu haqda mamlakatning "Santander" nashri ma’lum qildi.
Mamlakatning 10 milliondan ortiq fuqarolari Respublika Assambleyasiga (bir palatali parlament) 230 nafar deputatni saylashlari kerak. Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan bugun soat 08:00 da ochilgan va 19:00 gacha ochiq bo‘ladi. Ovoz berishning dastlabki natijalari kechasi e’lon qilinishi kutilmoqda.
Dastlab saylov 2026 yilga mo‘ljallangan edi. Biroq 2023 yilning noyabrida Portugaliya Prezidenti Marselu Rebelu di Soza parlamentni tarqatib yuborish va muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Saylovlar mamlakatdagi korrupsiya mojarolari va iqtisodiy qiyinchiliklar fonida o‘tmoqda. Unda 15 partiya va uchta koalitsiya ishtirok etadi.
Saylov arafasida o‘tkazilgan so‘rovlar shuni ko‘rsatdiki, o‘ng markazchi koalitsiya Sotsialistik partiyadan biroz oldinda, o‘ngchilarni qo‘llab-quvvatlovchilar esa ortib bormoqda. Biroq hukumatni to‘siqsiz shakllantirish uchun hech bir siyosiy kuch parlamentdagi mutlaq ko‘pchilik o‘rinlarni qo‘lga kirita olmasligi ehtimoldan xoli emas.
Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshida Eronda ham parlament saylovlari boshlangani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi