Portugaliya jahon chempionatida o‘ynashiga ishonaman – Ronaldu

Sport

image

“Manchester Yunayted”ning 36 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu ESPN’ga bergan intervyusida Portugaliya terma jamoasining Qatar-2022 jahon chempionatiga pley-off bosqichi orqali chiqish imkoniyatlari va Turkiya bilan bo‘lajak o‘yin haqida gapirdi.

“Jahon chempionatiga chiqmaslik juda achinarli bo‘lardi. Futbolda ham, hayotda ham og‘ir kunlarni boshdan kechirmoqdamiz, lekin yiqilsak, ko‘tarilish istagini ko‘rsatishimiz kerak. Portugaliya jahon chempionatida o‘ynashiga ishonaman! Oldinda bizni qiyin o‘yinlar kutib turganini bilamiz. Mart oyida bunga tayyor bo‘lamiz va pley-offda haqiqiy jang bo‘ladi. Hayot shunday, ideal ssenariyning o‘zi yo‘q. Barchasini boricha qabul qilishimiz kerak”, deydi Ronaldu.

Eslatib o‘tamiz, Yevropada JCH pley-off bosqichining yarim finalida Portugaliya Turkiyaga qarshi o‘ynaydi. Ushbu bahs g‘olibi esa finalda Italiya – Shimoliy Makedoniya uchrashuvi g‘olibi bilan mundial yo‘llanmasi uchun kurashadi.

Ma’lumot uchun, futbol bo‘yicha jahon chempionati joriy yilning 21 noyabr – 18 dekabr kunlari Qatar mamlakatida o‘tkaziladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Italiya Portugaliya Qatar JCh

Baholaganlar

93

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing