Portugaliya yoki Italiyasiz mundial: JCH pley-off bosqichiga qur’a tashlandi

Sport

image

Bugun, 26 oktyabr kuni JCH-2022 Yevropa qit’asi saralash bosqichiga qura tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Unda o‘z guruhlarida 2-o‘rinni egallagan 10 ta terma jamoa va eng yaxshi natija qayd etgan 2 ta 3-o‘rin sohiblari turnirning final bosqichiga yo‘llanmalar o‘ynaladigan uchta yo‘lak bo‘ylab joylashtirildi.

“A” yo‘lak Shotlandiya, Ukraina, Uels va Avstriyani o‘z ichiga oladi. Yarim finalda Shotlandiya – Ukraina va Uels – Avstriya o‘zaro bahs olib boradi. Ikki juftlik g‘oliblari finalda bellashadi va g‘alaba qozongan jamoa turnir yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Rossiya, Polsha, Shvetsiya va Chexiya terma jamoalari “B” yo‘lagidagn joy oldi. Yarim finalda Rossiya Robert Levandovski yetakchiligidagi Polshaga, Shvetsiya esa Chexiyaga qarshi bahs olib boradi. 

Italiya, Shimoliy Makedoniya, Portugaliya va Turkiya terma jamoalari eng kuchli “C” yo‘nalishiga to‘g‘ri keldi. Yarim finalda Yevro-2020 chempioni Italiya Shimoliy Makedoniyani, krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya esa Turkiyani sinovdan o‘tkazadi. Bundan kelib chiqadiki, Jahon chempionati “Moviy gvardiya” yoki “Yevropa Braziliyasi” ishtirokisiz o‘tadi.

Ma’lumot uchun, pley-off o‘yinlari 2022 yilning 24-29 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Qatar mamlakati mezbonlik qiluvchi Jahon chempionati esa 2022 yilning 11 noyabr kuni start oladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Italiya Portugaliya JCh Mundial' Pley-off

Baholaganlar

243

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing