Portugaliya va Ispaniya osmonida meteorit kuzatildi (video)

Bu qiziq

image

Bugun, 19 mayga o‘tar kechasi Portugaliya osmonida meteorit uchdi. Bu haqda “Observador” xabar berdi

Guvohlar Portudan Lissabonga uchib kelgan yashil-ko‘k rangli to‘pni ko‘rganini aytmoqda. Meteorit Ispaniyaning ayrim hududlarida ham kuzatilgan.

“Fuqaro muhofazasi xizmati veb-saytida Viseu tumanidagi Kastro Dairi hududida "meteorit qulashi" haqida xabar berilgan, biroq bu xabar keyinchalik o‘chirib tashlandi”, deb yozadi “Publico”. 

Viseu tumani yordam qo‘mondonligidagi (CDOS) manbaning aytishicha, mahalliy aholidan rasmiylarga Serra-de-Montemuro hududida biror narsa qulagani haqida xabar kelgan. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga yetib borgan, biroq soat 2:00 ga qadar hech narsa topa olmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Portugaliya Ispaniya meteorit

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing