Portugaliya Kolumbiyani yenga olmadi
Sport
−
07:27 4653 1 daqiqa
Bugun, 28 iyun kuni Kolumbiya va Portugaliya milliy terma jamoalari 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining uchinchi turida 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Natijada har ikkala terma jamoa ham pley-offga chiqdi.
AQSHning Florida shtati, Mayami shahrida bo‘lib o‘tgan bahsda har ikki jamoa ham bir qator xavfli vaziyatlar yaratgan bo‘lsa-da, darvozalar daxlsiz saqlanib qoldi.
Mazkur natijadan so‘ng Kolumbiya 7 ochko bilan “K” guruhida birinchi o‘rinni egalladi. Portugaliya esa 5 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rin orqali pley-off bosqichiga yo‘l oldi.
Kongo DR ham so‘nggi turda O‘zbekistonni mag‘lub etib, 4 ochko bilan eng yaxshi uchinchi o‘rin sohiblari qatorida pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston esa uchala uchrashuvda ham mag‘lubiyatga uchradi va guruhda so‘nggi o‘rinni egalladi.
Pley-off bosqichida Portugaliya joriy yilning 3 iyul kuni Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi. Kolumbiya esa 4 iyul kuni Gana bilan kuch sinashadi. Kongo DRning 1/16 finaldagi raqibi Angliya bo‘ladi.
Live
Barchasi