“Portu” “Liverpul”ga golsiz taslim bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 9 aprel kuni tunda Yevropa Chempionlar ligasining chorak finali doirasida “Liverpul” – “Portu” bahsi bo‘lib o‘tdi.

Qur’aga ko‘ra Angliyada o‘tkazilgan ilk o‘yinda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alabani tantana qilishdi. O‘yindagi barcha gollar birinchi taymda kiritildi. Dastlab, 5-daqiqada Nabi Keyta hisobni ochgan bo‘lsa, 26-daqiqaga kelib, “Liverpul”ning braziliyalik futbolchisi hisobni yakuniy ko‘rinishga keltirdi. Mersisaydliklar ushbu g‘alaba evaziga Portugaliyada bo‘ladigan javob o‘yinidan oldin imkoniyatini yaxshilab oldi.

Ma’lumot uchun, “Portu” – “Liverpul” o‘rtasidagi javob o‘yini 17 aprel sanasiga belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

EChL Liverpul' Portu

Baholaganlar

16

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing