Portlash oqibatida zarar ko‘rgan xonadonlar soni ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 28 sentyabr kuni tunda poytaxtning Sergeli tumanida yuz bergan kuchli portlash oqibatida hududdagi 26 ta ko‘p qavatli uydagi 592 ta xonadon, 8 ta xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, 1 ta maktab va 2 ta bog‘cha binolarining fasad qismi hamda deraza-romlariga zarar yetgani aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, tumanda yuz bergan favqulodda holatdan jabrlangan aholining muammolarini tezkor bartaraf etish maqsadida 1205 qisqa raqamli ishonch telefoni tashkil etilgan.

Hududdagi 26 ta ko‘p qavatli uydagi 592 ta xonadon hamda 8 ta xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, 1 ta maktab va 2 ta MTT binolarining fasad qismi hamda deraza-romlariga zarar yetgani aniqlangan.

Shuningdek, hududdagi 24 ta ko‘p qavatli uy va 25 ta hovlining fasad, oyna-rom va tom qismi zarar ko‘rgan.

“Qisqa muddatda turar joylar tiklanadi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Sergelidagi portlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made