Poroshenko jinoyatda ayblanmoqda

Olam

image

Ukraina sobiq Prezidenti Pyotr Poroshenko tashqi razvedka xizmati rahbariga "noqonuniy buyruq berganlik" bo‘yicha jinoiy ishda gumon qilinmoqda. Bu haqda Davlat xavfsizlik byurosining ikkinchi bo‘lim boshlig‘i Vadim Priyamachok ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Ukraina Davlat xavfsizlik byurosi Poroshenkoga qarshi profilaktika choralarini qo‘llash to‘g‘risida petitsiyani tayyorlamoqda. Hammasi 2018 yil iyul oyida Ukraina xavfsizlik xizmatida rahbar bo‘lib ishlagan Sergey Semochko Poroshenko tashqi razvedka xizmati rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandan so‘ng boshlangan. Jinoyat ayni o‘sha vaqtlarda "sodir bo‘lgan".

2018 yil oktyabr oyi boshida Bihus.info nashrining jurnalistik tekshiruvi e’lon qilindi. Unda 2015-2017 yillarda Donbassdagi mojaro paytida katta qonuniy daromadga ega bo‘lmagan Semochko oilasi eng qimmat yozgi kottejlardan biri bo‘lgan Kozin qishlog‘idagi uchta uyni sotib olgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Semochko oilasi Rossiya soliq to‘lovchilarining ma’lumotlar bazalarida ro‘yxatga olingan. Keyinchalik, Ukraina Tergov qo‘mitasi Semochkoda Rossiya fuqaroligi borligini tasdiqlandi. 2019 yil aprel oyida Poroshenko Semochkoni ishdan bo‘shatdi.

Avvalroq, Qirg‘iziston sobiq Bosh vaziri 18 yilga qamalgani haqida xabar berilgan edi.

 
 

Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Pyotr Poroshenko

Baholaganlar

106

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing