Poraxo‘r amaldorlardan olingan pullarga 60 dan ortiq maktab quriladi

Jamiyat

image

Qozog‘istonda poraxo‘r amaldorlar puliga 62 ta maktab quriladi. Mamlakat ta’lim vaziri G‘ani Beysembayev tegishli qarorni imzolagan. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari topshirig‘i bilan korrupsiyaga oid jinoiy ishlar bo‘yicha olib qo‘yilgan mablag‘lar Ta’lim infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yuboriladi. Ayni damda maxsus hisobvaraqda 120 milliard tenge (269,5 million dollar)ga yaqin mablag‘ jamg‘arilgan bo‘lib, bu mablag‘ maktablarni qurish va ta’mirlashga yo‘naltiriladi.

Ayni paytda 62 ta maktab qurish va mavjudlarini kengaytirish rejalashtirilgan. Ularni qurish uchun 96 milliard 495 million tenge (216,7 million dollar) ajratish maqsad qilingan.

Eng ko‘p maktab Ostona shahri va Olmaota viloyatlarida quriladi. Ostonada 7425 o‘rinli 10 ta, Olmaota viloyatida esa 11 550 o‘rin uchun 10 ta maktab qurilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Turkiston viloyatida 2050 o‘rinli 9 ta, Jambil viloyatida 2850 o‘rinli 6 ta, Qizilo‘rdada 2175 o‘rinli 5 ta, Mang‘istov viloyatida 4800 o‘rinli 4 ta maktab quriladi. Qozog‘istonning boshqa hududlari kesimida ham minglab o‘quvchilarga mo‘ljallangan o‘ndan ortiq maktablar quriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston maktab Poraxo'r

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing