Pore bilan jangda Konor battarroq ahvolga tushadi – Islam Maxachev

Sport

image

UFC yengil vazn toifasining 5-raqamli jangchisi Islam Maxachev ikki divizionning sobiq chempioni Konor Makgregor va Dastin Pore o‘rtasida to‘rtinchi jang bo‘lish ehtimoli haqida fikr bildirdi.

“Bu muxlislar uchun yaxshi jang bo‘ladi. Hamma uchun qiziqarli voqelik ekani, shubhasiz. O‘ylaymanki, Pore bu safar ham g‘alaba qozonadi. O‘shanda Konorga nima bo‘ladi? Men aniq bilmayman. O‘tgan safar “notorius” kasalxonaga tushgandi. Lekin yanada battarroq jarayon sodir bo‘ladi”, deydi Maxachev.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 iyulida yengil vazn toifasining birinchi raqamli sportchisi, amerikalik Dastin Pore ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregorni birinchi raunddayoq texnik nokautga uchratgandi. O‘shanda Makgregorning oyog‘i singan va zambilda olib ketilgan edi.

Ma’lumot uchun, Islam Maxachev so‘nggi bor joriy yil 18 iyul kuni UFC yengil vazn reytingi uchun oktagonga ko‘tarilgan va bellashuvning 4-raundida Tiago Moyzesni bo‘g‘ish uslubi evaziga mag‘lub etdi. Bu uning faoliyatidagi ketma-ket sakkizinchi g‘alabasi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Konor Makgregor Dastin Por'e Islam Maxachev

Baholaganlar

89

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing