Popdan 75 km uzoqlikdagi maktabga poyezdda borib dars beradigan o‘qituvchiga bepul qatnash imtiyozi berildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda 75 kilometr yo‘l bosib, ya’ni Pop tumanidan Namanganga borib, maktabda dars berib kelayotgan, Munisa Meliboyeva haqida xabarlar berilgan edi, yosh o‘qituvchi Namangandagi maktabga poyezdda bepul borib kelishi uchun imkoniyatga ega bo‘ldi, deb yozmoqda “O‘zbekiston temir yo‘lari Axborot-tahliliy media markazi.

Ma’lum qilinishicha, o‘qituvchi qiz har kuni temir yo‘ldan foydalanishini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan unga imtiyozli sertifikat berilgan. 

Namangan temir yo‘l vokzalida mazkur hujjat o‘z egasiga topshirilgan. Munisa Meliboyeva ushbu sertifikat bilan 6381/6382-sonli Qo‘qon – Namangan yo‘nalishidagi shaharlararo qatnovchi  elektropoyezdlarida Pop – Namangan va Namangan – Pop yo‘nalishida 2021 yilning 31 dekabriga qadar bepul yurish imkoniyatiga ega bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

102

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing