Pompeo Xitoy koronavirus uchun to‘lashi kerak bo‘lgan “jarima” miqdorini aytdi

Olam

image

AQSH davlat kotibi Mayk Pompeoning ta’kidlashicha, Xitoy koronavirus bilan kurashish uchun 9 trillion dollardan ko‘proq mablag‘ ajratishi kerak. “Bu dunyo koronavirus uchun sarflagan pullar”, dedi Pompeo.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSHda "90 ming amerikalikning hayoti, mart oyidan beri ishsiz qolgan 36 million amerikalik va dunyo bo‘ylab 300 ming kishining o‘limi" kamida 9 trillion dollarga baholanadi.

"Pandemiyaga qarshi kurashda Xitoyning hissasi dunyo tomonidan to‘langan narx bilan solishtirganda ahamiyatsiz", dedi u brifingda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlarlarning umumiy soni 5 085 504 nafarga yetdi. Bemorlarning 2 021 666 nafari shifo topgan bo‘lsa, 329 731 nafari hayotdan ko‘z yumdi. Ayni paytda 2 734 107 kishi infeksiya sabab davolanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy

Baholaganlar

738

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing