O‘zbekistonlik to‘rt nafar dzyudochi oltin medal uchun tatamiga chiqadi

Sport

image

Dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-prisining ikkinchi kunida medallar uchun kurashadigan sportchilar nomi ma’lum bo‘ldi. E’tiborlisi, saralash bellashuvlaridan so‘ng xuddi boksdagi jahon chempionatida bo‘lgani kabi 4 nafar o‘zbekistonlik kechki dasturda oltin medal uchun bahs olib boradigan bo‘ldi.

Shuningdek, yana bir o‘zbekistonlik sportchi bronza medali uchun tatamiga chiqadi. -81 kilogramm vazn toifasida ikki o‘zbekistonlik dzyudochi chempionlik uchun kurashadigan bo‘ldi. Kechki dasturda bahs olib boradigan dzyudochilarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:

-73 kg:
Final: Hikmatilloh To‘rayev – Behruzi Hojazoda (Tojikiston)

-81 kg:
Final: Sharofiddin Boltaboyev – Kamoliddin Rasulov
Bronza: Muso Sobirov – Shamil Borchashvili (Avstriya)

-70 kg:
Final: Gulnoza Matniyazova – Elisevet Telsidou (Gretsiya)


Maqola muallifi

Teglar

dzyudo

Baholaganlar

32

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing