Polkovnik Surxondaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Farrux Salomovich Toirov Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Farrux Toirov 1980 yilda Denov tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasini 2002 yilda bakalavr, 2004 yilda magistr yo‘nalishlari bo‘yicha tugatgan. Mutaxassisligi — huquqshunos. Harbiy unvoni — polkovnik.

Farrux Toirov mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasida mas’ul lavozimlarda, shuningdek, Uzun  va Sariosiyo tumanlarida ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

U 2019 yildan to shu kungacha Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Viloyat hokimining o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Abdusalom Xo‘jaqulov Sariosiyo tumani hokimi etib tasdiqlangandi. Farrux Toirov uning o‘rnini egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo

Baholaganlar

235

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing