Politsiya Vinisiusni haqorat qilmoqchi bo‘lgan muxlislarni hibsga oldi

Sport

image

Ispaniya huquq-tartibot idoralari La Liganing “Atletiko”ga (1:1) qarshi o‘yinida “Real” vingeri Vinicius Juniorni haqorat qilishga chaqirgan to‘rt kishini hibsga oldi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

29 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan o‘yindan oldin La Liga ijtimoiy tarmoqlardagi muxlislar “matraschilar” muxlislarini braziliyalik futbolchiga nisbatan haqorat qilishga undagan izohlar yozgan. Vaziyat bo‘yicha politsiyaga shikoyat qilinganidan keyin tergov boshlandi.

Holat bo‘yicha Madrid politsiyasi 4 kishini hibsga olgan. Ular futbolchiga nisbatan nafrat uyg‘otishda ayblangan.

Qayd etilishicha, holat bo‘yicha surishtiruv ishlari davom etmoqda va yana politsiya hibsga olinuvchilar soni oshishini inkor etmayapti.


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya Madrid Vinisius

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing